Samarqand viloyati Nurobod tumani IIBga yangi boshliq tayinlandi. Bu haqda viloyat IIB ma`lum qildi.
Samarqand viloyati IIB boshlig`i polkovnik Raxmat Mamatov tomonidan Nurobod tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, shaxsiy tarkibning xizmat intizomi hamda qonunchilikka rioya qilish masalalariga bag`ishlangan uchrashuv o`tkazildi.
Uchrashuv avvalida Boshqarma boshlig`i Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug`i bilan tuman IIB boshlig`i lavozimiga yangi tayinlangan podpolkovnik Suvonqulov Zokir Latipovichni shaxsiy tarkibga tanishtirdi.Tayinlovga qadar Z.Suvonqulov Qo`shrabot tumani IIB boshlig`i lavozimida faoliyat yuritgan.
Tuman IIBning oldingi rahbari podpolkovnik Ochilov Aslam Nurullaevich boshqa lavozimga o`tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.






