"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Surxondaryo viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mukin. Havo harorati 5-10° iliqni tashkil etadi.
Toshkentda vaqti-vaqti bilan biroz yomg`ir yog`adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mukin. Harorat 8-10° iliq bo`ladi.






