AsosiyJamiyat

Ayni paytda O`zbekistonning 4ta viloyatida qor yog`moqda (video)

'Ayni paytda O`zbekistonning 4ta viloyatida qor yog`moqda (video)'ning rasmi

Ayni dam respublikaning Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyati baland tog`li aholi yashash punktlarida qor yog`moqda. Bu haqda "O`zgidromet" etakchi mutaxassisi Erkin Abdulahatov xabar berdi. 

Mazkur video esa Jizzax viloyati Baxmal tumani Muzbuloq MFYda olingan.

Shuningdek, "Qamchiq" dovon yo`lining 228-254 kilometrlari oralig`ida vaqti-vaqti bilan qor yog`moqda. Shamol tezligi esa 12-15 m/s gacha kuchaygan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda. 

"Mazkur yo`lda harakatlanuvchi barcha haydovchilardan oraliq masofani saqlab, tezlikni me`yordan oshirmasdan, qoidalarga rioya qilishlarini so`raymiz", - deyiladi xabarda. 

 

    Boshqa yangiliklar