AsosiyJamiyat

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov xorijda davolanmoqda

'Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov xorijda davolanmoqda'ning rasmi

75 yoshli O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov xorijda davolanmoqda. Bu haqda TIV xabar qildi.

O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.Kamilov so`nggi o`n kun davomida surunkali kasalliklari tufayli Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-son Markaziy klinik shifoxonasida tibbiy muolajalar oldi. 

Shifokorlarning konsilium xulosasiga ko`ra, A.Kamilovning salomatligini yanada chuqurrok tekshiruvdan o`tkazish zarurati yuzaga kelgani sababli, ayni kunlarda vazir ixtisoslashgan tibbiy ko`rikdan o`tish va tegishli muolajalarni olish maqsadida xorijda davolanishni davom ettirmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar