AsosiyJamiyat

Joriy yilgi kirish imtihonlarida 1 mln.dan ortiq abiturient ishtirok etishi kutilmoqda — DTM

'Joriy yilgi kirish imtihonlarida 1 mln.dan ortiq abiturient ishtirok etishi kutilmoqda — DTM'ning rasmi

Joriy yilda 50 ga yaqin turdagi test sinovlarida 2 mln. nafarga yaqin talabgor test sinovidan o`tkazilishi rejalashtirilmoqda. Oliy ta`lim muassasalarining bakalavriati ta`lim yo`nalishlariga kirish test sinovlarida 1 mlndan ortiq abiturient ishtirok etishi kutilmoqda. Bu haqda azirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyati tahlili, yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan bo`lib o`tgan matbuot anjumanida xabar qilindi. 

Ma`lum qilinishicha, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan hamkorlikda 2 xil ssenariy asosida 94 ta katta sig`imli pavilonlar hamda 53 ta stadion va xiyobonlar tanlab olindi. Ularning chizma loyihalari tayyorlanib, tegishli tashkilotlar bilan kelishilmoqda.

Test sinovlariga guruh nazoratchisi sifatida jalb etish uchun 5669nafar oliy ta`lim va xalq ta`limi tizimi xodimlari nomzod sifatida belgilandi hamda ma`lumotlari shakllantirildi. 24-28 mart kunlari o`quv-seminar mashg`ulotlarining birinchi bosqichi o`tkazildi.

Test sinovlari jarayonidagi inson faktorini kamaytirish maqsadida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo`llashda sun`iy intellekt elementlaridan foydalanish joriy etiladi.

Mazkur qarorga ko`ra, test sinovlari natijalarini e`lon qilish muddati 3 haftadan  1 haftagacha qisqartirildi. 

Buxoro viloyatida test sinovlarini yil davomida o`tkazishga mo`ljallangan 1000 o`rinli bino qurilib, foydalanishga topshirildi. Ayni kunlarda Namangan, Andijon, Samarqand viloyatlarida shunday binolarning qurilishi ketmoqda.

    Boshqa yangiliklar