17-may kuni "Hilton Tashkent City" mehmonxonasida O`zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi ko`magida O`zbekiston Xususiy turistik tashkilotlar assosiasiyasi (APTO) tomonidan “Tashkent Travel Mart 2022” xalqaro sayyohlik ko`rgazmasi bo`lib o`tadi.
Turizim va madaniy meros vaziriligining xabar berishicha, ushbu ko`rgazma turistik tashkilotlariga mijozlar bazasini kengaytirish, yangi hamkorliklarni o`rnatish va turizm sohasidagi sheriklar bilan aloqalarni mustahkamlash imkonini beradi.
Ko`rgazmada turar joylar, aviakompaniyalar, kirish va chiqish turizmi bilan shug`ullanuvchi turoperatorlar, transport kompaniyalari, sug`urta kompaniyalari ishtirok etishi mumkin.






