AsosiyJamiyat

Toshkent deklarasiyasi BMT Bosh Assambleyasining rasmiy hujjati sifatida tan olindi

'Toshkent deklarasiyasi BMT Bosh Assambleyasining rasmiy hujjati sifatida tan olindi'ning rasmi

3-4 mart kunlari O`zbekiston poytaxtida BMT Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo`yicha Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy hamkorligiga bag`ishlangan xalqaro konferensiya ishtirokchilari tomonidan qabul qilingan Toshkent deklarasiyasi, BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida tan olindi.

Hujjat BMTning 6 ta rasmiy tili — ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va fransuz tillariga tarjima qilinib, barcha a`zo davlatlar va BMTning ixtisoslashgan muassasalariga tarqatilgan.

Eslatib o`tamiz, Toshkentdagi konferensiya Shavkat Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan tashabbusini amalga oshirish doirasida tashkil etilgan edi.

 

    Boshqa yangiliklar