AsosiyJamiyat

Toshkentda “UzFood-2022” xalqaro ko`rgazmasi boshlandi

'Toshkentda “UzFood-2022” xalqaro ko`rgazmasi boshlandi'ning rasmi

Bugun, 29 mart kuni «O`zekspomarkaz» MKMda “Oziq-ovqat mahsulotlari, ingredientlar va ishlab chiqarish texnologiyalari - UzFood-2022” 21-xalqaro ko`rgazmasi boshlandi. 

Ko`rgazma 29-31mart kunlari «O`zekspomarkaz» MKMda “Oziq-ovqat mahsulotlari, ingredientlar va ishlab chiqarish texnologiyalari - UzFood-2022” 21-xalqaro ko`rgazmasi bo`lib o`tadi. 

Ko`rgazmada dunyoning 25 davlatidan 140 dan ortiq kompaniya o`z mahsulotlarini namoyish etmoqda: Belarus, Belgiya, Bolgariya, Germaniya, Gresiya, Hindiston, Indoneziya, Eron, Italiya, Qozog`iston, Qirg`iziston, Xitoy, Janubiy Koreya, Litva, Niderlandiya, BAA, Polsha, Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQSh, Turkiya, Fransiya, Shveysariya, Shri-Lanka va O`zbekiston. Ulardan 40 tasi Turkiya, 18 tasi Belarus Respublikasi, 13 tasi Germaniya kompaniyalaridir. Rossiya Federasiyasi kompaniyalari Moskva, Omsk, Kaliningrad, Penza viloyatlari va Oltoy o`lkasining jamoaviy stendlari bilan namoyish etilgan.

Mahalliy eksport qiluvchi kompaniyalar qandolat mahsulotlari, quritilgan mevalar, ichimliklar, gazaklar va sut mahsulotlari, oziq-ovqat ingredientlari, aromatizatorlar, qadoqlash va go`shtni qayta ishlash uskunalari, oziq-ovqat ishlab chiqarish uchun pol qoplamalari va boshqa ko`plab mahsulotlarni namoyish etmoqda.

UzFood ko`rgazmasi doirasida har yili etkazib beruvchilar va xaridorlar o`rtasida uchrashuvlar o`tkazish uchun ixtisoslashtirilgan Riteyl markazi platformasi tashkil etiladi Bu to`g`ridan-to`g`ri muzokaralarni o`tkazish, o`z mahsulotlarini taqdim etish, shartnomalar tuzish va hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyatdir.

    Boshqa yangiliklar