"O`zgidromet" 30 mart ob-xavosini bashorat qildi.
Qayd etilishicha, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha quruq va iliq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 12-17° iliqgacha ko`tariladi.
Toshkentda havo quyoshli bo`ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo 13-15° iliqgacha isiydi.
Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Qor ko`chish xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda. Harorat 5-10° iliq bo`ladi.






