AsosiyJamiyat

Namanganda kartoshka narxidan norozi ayollar bozorda janjal qildi

'Namanganda kartoshka narxidan norozi ayollar bozorda janjal qildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda bozor hududida bir guruh shaxslarning o`zaro tortishayotgan holati aks etgan tasvirlar tarqatildi. Namangan viloyat IIB holat bo`yicha ma`lumot berdi

Xabarda aytilishicha,  mazkur holat shu yilning 29 mart kuni Namangan shahrida joylashgan "Chorsu" dehqon bozori hududida tashkil etilgan yarmarkada kartoshka mahsuloti arzonlashtirilgan holda sotilgan jarayonda yuzaga kelgan. 

Bozor ichida savdo qilayotgan bir nechta ayollar kartoshkaning narxiga e`tiroz bildirib, jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi hatti-harakatlarni sodir etgan. 

Holat yuzasidan hududiy Ichki ishlar bo`limi va profilaktika inspektorlari tomonidan o`rganish ishlari olib borildi. Huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan tegishli tartibda xujjatlar rasmiylashtirildi.

    Boshqa yangiliklar