AsosiyJamiyat

Samarqandda "Lacetti" dan yarim kilo oltin qotishmalari topildi

'Samarqandda "Lacetti" dan yarim kilo oltin qotishmalari topildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Bulung`ur tuman bo`limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazilgan

Unda fuqaro O.A. boshqaruvidagi Lacetti avtotransport vositasi to`xtatilib, ko`zdan kechirilgan. Natijada mashinada og`irligi 525,9 gramm bo`lgan umumiy bahosi 358,2 million so`mlik 15 dona oltin metall qotishmalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan. Haydovchi uni Navoiy viloyatida yashovchi fuqaro Sh.N.dan olib, Toshkent shahridagi fuqaro E.Q.ga etkazishi kerak bo`lgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar