Turkiya Respublikasi Rejep Tayyip Erdo`g`anning mamlakatmizga rasmiy tashrifi doirasida joriy yilning 29 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan Turkiya Respublikasi Adliya vazirligi o`rtasida sud ekspertizasi sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda darakchi.uz ga O`zbekiston Adliya vazirining Matbuot kotibi xabar berdi.
Mazkur memorandumning maqsadi sud ekspertizasi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga intilgan holda ushbu sohada zamonaviy usullar va vositalarni qo`llash orqali jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirishdan iborat.
Memorandum doirasida sud ekspertizasi sohasida institusional, huquqiy va metodologik muammolar bo`yicha tadqiqotlar va izlanishlar olib borish, o`quv kurslari, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish ko`zlanmoqda.
Mazkur hujjat sud ekspertizasi sohasida zamonaviy ilmiy usullar va vositalarni qo`llagan holda ekspertizaning yangi turlarini amaliyotga tatbiq etish uchun xizmat qiladi






