AsosiyJamiyat

"Uzcard" yangi to`lov kartalarini taqdim etdi

'"Uzcard" yangi to`lov kartalarini taqdim etdi'ning rasmi

30 mart kuni "Yagona umumrespublika prosessing markazi" MChJ (YaUPM) banklarga "Uzcard plastik" kartalarini mijozlariga "bir zumda" ishlab chiqarish imkonini beruvchi yangi xizmatni taqdim etdi. Bu haqda "Darakchi" muxbiri Mohinur Rustamova xabar qilmoqda.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilarga raqamlari bo`rttirilgan yangi turdagi kartalarni chop etish jarayoni namoyish etildi. Mazkur kartalarning raqamlari 8600 bilan emas, balki 5614 bilan boshalanadi.Ta`kidlanishicha, karta "Entrust" kompaniyasining "Entrust Datacard 840CE" modeldagi uskunasi yordamida yaratilgan.

Mutaxassislarning e`tirof etishlaricha, mazkur kartani rasmiylashtirish va faollashtirishga 5 daqiqa kifoya qiladi. Ya`ni mijozlar  plastik kartani olish uchun bankka ikki marta kelish shart emas.

Mazkur kartalar bilan jamoat transportida birgina urinishda to`siqlarsiz yo`lkirani to`lash mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar