30 mart kuni Toshkentda «Xilton Toshkent City»da II Hotel Business Forum-2022 boshlandi. Bu haqda Turizm va madaniy me`ros vazirligi xabar berdi.
Ushbu forumning asosiy maqsadi mehmondo`stlik sanoatini takomillashtirish bo`yicha konstruktiv muloqot tashkil etishdir. Forum O`zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi homiyligida O`zbekiston mehmonxonalar asssosiasiyasi tomonidan tashkil etilmoqda.
Forumda 5 ta asosiy masala orin olgan:
Biznes jarayonlarini optimallashtirishda xalqaro mehmonxona brendining roli; Mehmondo`stlik sohasida xizmatlar sifatini oshirishda professional kadrlar omili;
O`zbekistonda mehmonxona ochish bo`yicha investisiya loyihasi doirasida moliyaviy model;
Halqaro tajribada mehmonxona xizmatlarining turoperatorlar bilan o`zaro hamkorligi;
Mutaxassislarning ta`kidlashlaricha, turli darajadagi sayohat cheklovlari, emlash darajasi va sayohatchilarning sayohat xavfsizligiga ishonchi tufayli turizmning tiklanish sur`ati dunyoning turli mintaqalarida sekin va notekisligicha qolmoqda. O`zbekistonda esa turizm sohasi jadal rivojlanib, sohaning o`sish sur`atlari uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda.Bugungi kunga kelib, mamlakatimizda 1327 ta joylashtirish obekti faoliyat ko`rsatmoqda, respublika bo`yicha xonalar soni 32 243 ta xonani tashkil etmoqda.
Respublikamizning tarixiy hududlariga, xususan, Samarqand va Buxoro shaharlari mehmonxona xizmatlari bozoriga xalqaro mehmonxona brendlari kirib kelmoqda. Xususan, Toshkent shahrida mehmonxona xizmatlari sohasida quyidagi xalqaro brendlar faoliyat yuritib kelmoqda: Hilton - 2ta mehmonxona, Wyndham - 2 ta mehmonxona, Radisson, Lotte, Marriot, ATECA Hotels .
" O`zbekiston biz uchun rivojlanishning asosiy vektorlaridan biri bo`lgani uchun bu tadbirga tashrif buyurdik. Mamlakat keng ko`lamda rivojlanayotganini va mehmonxonalarga bo`lgan talab oshib borayotganini ko`rib turibmiz. Biz allaqachon O`zbekistonda uchta yangi loyiha ochish bo`yicha shartnoma imzolaganmiz. O`ylaymanki, biz yil yakuniga qadar ushbu mamlakatning etakchi brendlaridan biriga aylanamiz. Mazkur forum davlat tomonidan turizm sohasini qo`llab-quvvatlayotgani va unga katta e`tibor qaratilayotganidan dalolatdir”- dedi Accor New East Europe bosh direktori Aleksis Delaroff.
Raqamlarni 2018 yil bilan solishtirganda (2018 yilda mehmonxonalar soni – 5 ta, 2022 yil – 9 ta), xalqaro brend mehmonxonalar soni 45 foizga, xonalar soni esa 38 foizga oshgan (2018 yilda xonalar – 969 ta, 2022-yil – 1 576 ta) ).
2023-yilga kelib, Toshkent mehmonxona bozoridan yuqori va o`rta narx segmentlaridan – Holiday Inn, Intercontinental , Curio Collection by Hiltonda faoliyat yurituvchi yana kamida uchta operator o`rin olishi rejalashtirmoqda.
Shuningdek, O`zbekiston mehmonxonalar asssosiasiyasi O`zbekistonda joylashtirish vositalarini yagona davlat standarlari va tavsiflarini balli baholash tizimini yo`lga qo`yish bo`yicha katta ishlarni amalga oshirmoqda.






