AsosiyJamiyat

Rossiyada ko`p qavatli uydan tushib ketgan fuqaro O`zbekistonga olib kelindi

'Rossiyada ko`p qavatli uydan tushib ketgan fuqaro O`zbekistonga olib kelindi'ning rasmi

Ko`pqavatli uydan yiqilib tushgan yurtdoshimiz O`zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, Rossiya Federasiyasining Vladivostok shahrida xorazmlik yurtdoshimiz Yu.R. ehtiyotsizlik oqibatida ko`pqavatli binoning 2-qavatidan tushib ketgan. Natijada nogironlik aravachasiga o`tirib qolgan.

Mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan fuqaroga Vladivostok-Toshkent yo`nalishidagi aviareys uchun aviachipta olib berildi. Mahalliy o`zbek diasporasi vakillari va faol vatandoshlar hamkorligida O`zbekistonga qaytarildi.

 

    Boshqa yangiliklar