AsosiyJamiyat

"Tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda"

'"Tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda"'ning rasmi

O`zini yotoqxonaning 9-qavatidan  tashlagan Samarqand davlat universiteti talabasi bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi.

Kecha Samarqand davlat universiteti talabasi o`zini yotoqxonaning 9- qavatidan tashlagani haqida ma`lum qilgandik.

Qayd etilishicha, qiz yotoqxonaning 6-qavatida yashagan, biroq 9-qavatga chiqib o`zini tashlab yuborgan.

Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi hamda Samarqand davlat universiteti axborot xizmati munosabat bildirdi.

"29 mart kuni tungi soat taxminan 02:03 da Pastdarg`om tumanida yashagan E.S. Samarqand shahri Spitamenshoh ko`chasida joylashgan ko`p qavatli talabalar yotoqxonasidan tushib ketib, og`ir tan jarohati olishi oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. O`rganish natijasi bo`yicha qo`shimcha xabar qilinadi.",-deyiladi prokuratura xabarida.

Samarqand davlat universiteti axborot xizmati talaba qiz og`ir, bosiq bo`lganini ta`kidlamoqda

Qayd etilishicha, u universitet o`qituvchilari va kursdoshlari bilan hech qanday ziddiyatga bormagan. 

"Ushbu masala Samarqand davlat universiteti rahbariyati tomonidan chuqur o`rganilib, bunday hodisalar qayta takrorlanmasligi uchun qat`iy chora-tadbirlar belgilandi",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar