AsosiyDunyo

Rossiya-Ukraina muzokalarinining navbatdagi sanasi ma`lum qilindi

'Rossiya-Ukraina muzokalarinining navbatdagi sanasi ma`lum qilindi'ning rasmi

24 fevralda boshlagan keng ko`lamli urush bo`yicha Ukraina va Rossiya o`rtasidagi muzokaralarning navbatdagisi 1 aprelda davom etadi. Bu haqda Ukraina delegasiyasi a`zosi, Oliy Radadagi “Xalq xizmatkori” partiyasi fraksiyasi rahbari David Araxamiya ma`lum qildi.

“Rossiya delegasiyasi bilan onlayn formatdagi muzokaralar 1 aprel kuni davom etadi”, — dedi Araxamiya.

Uning qayd etishicha, Turkiyadagi muzokaralarda Ukraina delegasiyasi endilikda Ukraina va Rossiya etakchilari o`rtasida uchrashuv o`tkazish zarurati borligini ma`lum qilgan.

Araxamiyaning so`zlariga ko`ra, Rossiya delegasiyasi birinchi navbatda yanada muvofiqlashtirilgan shartnoma loyihasi ishlab chiqilishi kerak, deb javob berdi.

"Bir hafta ichida biz muzokaralar jarayoni ishtirokchilariga nima bog`liqligini aniqlaymiz. Va mamlakatlar prezidentlari uchrashishda davom etishiga umid qilamiz. Shu bilan birga, biz bunday uchrashuv Rossiya yoki Belorussiyaning hududida bo`lmasligini ta`kidlaymiz", - deb yozgan Araxamiya.

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi Lavrovning Ukraina go`yoki Qrim va Donbassdan voz kechgani haqidagi bayonotini rad etdi.

    Boshqa yangiliklar