30-mart kuni HOTEL BUSINESS FORUM - 2022 doirasida Toshkentda Radisson Individuals PANARAMS Hotel Tashkent brendi ostidagi Markaziy Osiyodagi birinchi mehmonxonaning tantanali ochilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar berdi.
Mehmonxonada turli toifadagi 105 ta xona mavjud - standart va studiyalardan tortib keng ikki xonali suitlargacha. Ba`zi xonalarda shaharning panoramik manzarali balkonlari mavjud. Mehmonxona 225 kv. metrni tashkil etadi. Biznes tadbirlari yoki forumlar, muzokaralar uchun xonalar mavjud.
Mehmonxonaning 6-qavati panoramali restoran bo`lib, u nonushta vaqtida mehmonxona mijozlari uchun, kechqurun esa shahardan kelgan mehmonlar uchun xizmat qiladi.Shuningdek, kechqurun tashrif buyuruvchilar jonli musiqadan bahramand bo`lishlari mumkin.
Mehmonhona shaharning asosiy ko`chalaridan biri Mirzo Ulug`bek ko`chasida joylashgan bo`lib, unda suzish havzasi, sauna va sport zali mavjud.






