AsosiyJamiyat

Urgut bozoriga qatnaydigan taksichilardan pul undirib kelayotgan jinoiy to`da faoliyatiga chek qo`yildi

'Urgut bozoriga qatnaydigan taksichilardan pul undirib kelayotgan jinoiy to`da faoliyatiga chek qo`yildi'ning rasmi

“Urgut savdo markazi” hududiga kiruvchi asosiy yo`lni 10 nafar shaxs zo`ravonlik va o`zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda egallab olinib, ular tomonidan ushbu bozorga kelgan haydovchilardan pul berishlari talab qilib kelingan. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Jinoiy to`da Samarqand viloyat IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo`limi xamda DXX Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorligida Urgut tumanida o`tkazilgan tezkor tadbirda qo`lga tushdi. 

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atish choralari ko`rilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar