AsosiyJamiyat

Oqqo`rg`ondagi bolalar bog`chasida ommaviy zaharlanishning sabablari hali ham oydinlashmagan – MTV

'Oqqo`rg`ondagi bolalar bog`chasida ommaviy zaharlanishning sabablari hali ham oydinlashmagan – MTV'ning rasmi

Toshkent viloyati Oqqo`rg`on tumanidagi bolalar bog`chasida ommaviy zaharlanish yuz bergani  ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo`lgan edi. 

Bugun Maktabgacha ta`lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida jurnalistlar mazkur hodisaning natijalari bilan qiziqishdi. Bu haqda "Darakchi" muxbiri Mohinur Rustamova xabar berdi.  

Maktabgacha ta`lim vazirligining Bolalar salomatligini ta`minlash va ixtisoslashtirilgan MTT faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Dilfuza Hasanovaning ta`kidlashicha, tarbiyalanuvchilar klinik ko`rinishlariga ko`ra "Botulizm" tashxisiga gumon qilingani, yakuniy tashxis epidemiologik surishtiruv natijalari hamda bakteriologik tadqiqot ma`lumotlari  vavzirlikda mavjud emas. Holat hali ham tegishli organlar tomonidan o`rganilyapti. 

Ma`lumot uchun, o`tgan yilning 12 avgust holatiga ko`ra, 6 nafar tarbiyalanuvchi og`ir holatda jonlantirish bo`limida, shundan bir nafar tarbiyalanuvchi o`pkaning sun`iy nafas berish moslamasiga ulangan bo`lib, holati o`ta og`ir holatda qolayotgani aytilgan, qolgan 19 tarbiyalanuvchining holati o`rtacha og`ir deb baholangani ma`lum qilingan edi.

"darakchi.uz" ayni masalaga aniqlik kiritish uchun Bosh prokuraturaga murojaat qildi. Tez orada ma`lumotlar taqdim etiladi.

    Boshqa yangiliklar