Serbiyada mavsumiy qishloq xo`jaligi ishlariga O`zbekiston fuqarolari taklif etiladi.
- Ish haqi soatiga 3 evrodan to`lanadi.
Fuqarolarning turar joyi va ovqatlanish xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi.
Nomzodlarga qo`yiladigan talablar:
- 18 - 45 yoshgacha bo`lishi;
- maktab, lisey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan bo`lishi;
- rus yoki ingliz tilida muloqot qila olishi;
- sudlanmagan bo`lishi.
Mazkur bo`sh ish o`rinlariga qiziqish bildirgan fuqarolar uchun tanlovlar vaqti va joyi:
- 1 aprel:
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlari uchun:
Namangan shahri, A.Navoiy 15-uy, Yoshlar markazi binosi.
(69) 227-94-64, (69) 227-97-27.
- 4 aprel:
Toshkent shahri va Sirdaryo, Jizzax, Toshkent viloyatlari uchun:
Toshkent shahri Mirobod tumani, Shahrisabz ko`chasi 34-uy.
Mo`ljal: Yapon markazi binosi.
(71) 236-30-40.
- 5 aprel:
Samarqand, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari uchun:
Samarqand shahri, Ko`ksaroy maydoni, 1A-uy.
Mo`ljal: Viloyat hokimiyati.
(66) 233-24-00, (66) 233-53-00.
- 7 aprel:
Xorazm viloyati va Qoraqalpog`iston Respublikasi uchun:
Urganch shahri, Baynalmilalchi ko`ch., 6-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
(62) 229-19-96.
Tanlovda qatnashish istagida bo`lgan fuqarolar o`zlari bilan quyidagi hujjatlarning elektron shaklini olib kelishi shart:
- Xorijga chiqish pasporti skaner varianti;
- 3,5x4,5 hajmdagi fotosuratning elektron shakli.






