AsosiyJamiyat

Tadbirkorlarning masalalarni doimiy tahlil qilish va tezkor choralarni ko`rib borish maqsadida Bosh vazir boshchiligida kundalik ishlaydigan Respublika shtabi tashkil etiladi

'Tadbirkorlarning masalalarni doimiy tahlil qilish va tezkor choralarni ko`rib borish maqsadida Bosh vazir boshchiligida kundalik ishlaydigan Respublika shtabi tashkil etiladi'ning rasmi

Prezident matbuot xizmati xabar berishicha davlat rahbari raisligidagi yig`ilish davom etmoqda

 “Hozir dunyoda juda murakkab davr davom etayapti. Har kuni yangi sinovlar bilan to`qnash kelayapmiz.

Lekin, bu – ertaga nima bo`ladi deb, kutib o`tirish kerak, degani emas. Muammolarni tezkor aniqlab, hal qilish va yangi imkoniyatlarni izlab topishimiz zarur”, dedi Prezident.

Qoraqalpog`iston, Andijon, Surxondaryoda tadbirkorlarning muammolarini ichiga kirib, ko`p takliflar tayyorlangani qayd etilib, qolgan viloyatlarning harakati sust, tashabbus va tahlil yo`qligi tanqid qilindi.

Masalalarni doimiy tahlil qilish va tezkor choralarni ko`rib borish maqsadida, Bosh vazir boshchiligida kundalik ishlaydigan Respublika shtabi tashkil etiladi. Ushbu shtabga viloyat hokimlari va tegishli vazirlar ham a`zo bo`ladi.

Shtab oldiga bozordagi narx-navoni kundalik ahvoli bo`yicha zarur tezkor choralarni ko`rib borish vazifasi qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar