Xalqaro turkiy madaniy tashkiloti TURKSOY tomonidan 2012 yildan boshlab har yili a`zo davlatlarning mashhur va tarixiy shaharlarini «Turkiy dunyo madaniyati poytaxti», deb e`lon qilish loyihasi mavjud. Hozirgi kunga qadar bu maqom Astona(Nur-sultan), Eskishehir, Qozon, Marv, Turkiston, O`sh va Xiva shaharlari bu maqomga sazovor bo`lgan.
2021 yilning sentyabr oyida Xiva shahrida bo`lib o`tgan TÜRKSOY doimiy kengashining 38-majlisida Turkiya shimoliy-g`arbidagi Bursa shahri “Turk dunyosi madaniyat poytaxti” sifatida ma`qullandi. Xalqaro tashkilot har bir «Turkiy dunyo madaniyati poytaxti» deb tanlangan shaharda tashkilotga a`zo davlatlarning san`ati va madaniyatini ochib beruvchi fotoko`rgazma tashkil etish an`anasini yo`lga qo`ygan. Shu sababli ham Usmoniylar Davlatining ilk poytaxti sanalmish Bursa shahri 2022 yil davomida ko`plab muhim tadbirlarga mezbonlik qiladi.
Shulardan biri 30 mart kuni bo`lib o`tdi. Erta tongda Usmon G`oziy maqbarasi yonida boshlangan tadbirda shahar jamoatchiligi, TYuRKSOYga a`zo davlatlar madaniyat vazirlari, Bursa shaxar munisipalitet raisi va boshqa rasmiylar, OAV vakillari, jumladan O`zbekiston,Qozog`iston, Qirg`iziston va Ozarbayjondan kelgan jurnalistlar ishtirok etdi.
Shu o`rinda kutilmaganda yuz bergan bir voqeani yozib o`taman. Usmon G`oziy maqbarasi majmuasida avtobusdan tushishimiz bilan kimdir sof turk tilida «Sharafiddin aka» deya chaqirgvelku bo`ldi. Qarasam TIKAning O`zbekistondagi sobiq rahbari Ali Ihson Chavlar efendi ekan. Ko`rishdik. Ayni damda Turizm va madaniyat vazirining maslahatchisi ekan. Oqibatdan hursand bo`ldim
Usmon G`oziy turk davlatining asoschisi hisoblanadi. Shu sababli uning maqbarasida faxriy qorovul turadi. Mexmonlar faxriy qorovulning almashinuviga guvoh bo`ldilar. Shundan so`ng tadbir ishtirokchilari turk milliy musiqasi sadolari ostida Bursaning markaziy ko`chalari bo`ylab yurish qildilar. Salkam ikki kilometr piyoda yurilganidan so`ng «Turk dunyosi madaniyat poytaxti» idorasi joylashgan maydonda tadbirning rasmiy ochilish marosimi bo`lib o`tdi.Tadbirda o`zbek badiy jamoaolari ham ishtirk etdi. Tadbir Turkiya Respublikasi davlat gimni ijrosi bilan boshlandi. Tadbirda nutq so`zlagan Bursa xokimi Alinur Aktash bu kabi tadbirlar turkiy xalqlar madaniy merosini jahonda targ`ibot qilishda juda ham ahamiyatli ekanini ta`kidladi. U shuningdek turkiy xalqlar o`rtasidagi madaniy aloqalar bundan keyin ham rivojlanishi kerakligini qayd qilib o`tdi. Shundan so`ng Navro`z bayramining timsoli sifatida gulxan yoqildi.
Bursa turk dunyosining karnaval shahriga aylanishi yo`lida jiddiy ishlar olib borilmoqda.
Turkiy dunyoning madaniy poytaxti deb e`lon qilingan Bursa shahrida TURKSOY tomonidan ikkinchi Diaspora forumi, ikkinchi diasporalararo almashinuv dasturi va Navro`z bayrami tashkil etildi. Xalqaro tadbirda TR Madaniyat va turizm vazirligi – Turklar va xorijdagi qardoshlar uyushmasi (YTB) raisi, TDTga a`zo davlatlar diasporasiga mas`ul muassasalar rahbarlari, yuqori martabali hukumat vakillari, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlar, olimlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Turkiy Davlatlar Tashkilotining II Diaspora Forumi diaspora sohasidagi eng muhim tadbirlardan biridir.
Shahar markaziy sport saroyida bo`lib o`tgan tadbirda nutq so`zlagan Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Erso`y “Turk dunyosi madaniyat poytaxti” deb e`lon qilingan Bursaning bu yil ko`plab muhim tadbirlarga mezbonlik qilishini ta`kidladi.
Mehmet Erso`y Bursa shahriga berilgan “Turk dunyosi madaniyat poytaxti” maqomi ham haqida so`z yuritar ekan, buning naqadar yuksak va mas`uliyatli maqom ekanligini va undan to`g`ri foydalanilsa, shahar xalqi uchun katta imkoniyatlar eshiklarini ochishini tilga oldi.
Bursada Emir Sulton turbati(maqbarasi)ni ziyorat qildik. Turklar juda hurmat qiladigan bu zot Buxoroda tug`ilgan. Maqbara atrofida ming yillik daraxtlar davlat muhofazasiga olingan.
Sharofiddin To`laganov






