AsosiyJamiyat

Toshkent investisiya forumida ko`p milliard dollarlik shartnomalar va kelishuvlariga erishildi

'Toshkent investisiya forumida ko`p milliard dollarlik shartnomalar va kelishuvlariga erishildi'ning rasmi

Prezident o`tgan hafta Toshkent investisiya forumida ko`p milliard dollarlik shartnomalar va kelishuvlariga erishilganini qayd etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shuningdek, ko`plab xorijiy tadbirkorlar O`zbekistonda o`z biznesini boshlash yoki rivojlantirish bo`yicha tashabbus qilgan.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga:

- bir oy muddatda Evropa, Xitoy, Hindiston, Turkiya, Koreya, Yaponiya kompaniyalari bilan muzokaralar o`tkazib, ularning ishlab chiqarish zanjiriga qo`shilish bo`yicha amaliy ishlarni boshlash, bu ishlarga xorijdagi elchilarimizni ham faol jalb etish;

- erkin iqtisodiy zonalarda ulgurji savdo kompaniyalari faoliyati uchun imkoniyat yaratish va ularga imtiyozlar berish;

- 1 iyulga qadar Navoiy, Samarqand, Toshkent viloyati va 1 sentyabrga qadar Buxoro va Surxondaryoda qo`shni mamlakatlar bozoriga mahsulot etkazib beruvchi ulgurji savdo hududini tashkil etish topshirildi.

    Boshqa yangiliklar