Bosh prokuratura tomonidan er resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, 2022 yil 30 mart kuni fuqaro E.N. “O`rol” ismli shaxs Bektemir tumanida joylashgan ta`qiqda bo`lgan issiqxona uchun ajratilgan 2 gektar er maydonini har bir sotixini 4.000 AQSh dollaridan jami 800.000 AQSh dollariga sotishini, er maydoniga qo`yilgan ta`qiqni tegishli organlar orqali echib, kelgusida qurilish ishlari uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishga va`da berib, oldindan 80.000 AQSh dollari berishini talab qilayotganligini ma`lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.
Mazkur murojaatga asosan Bosh prokuratura, IIV, DXX hamda IJQK Departamenti xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Yunusobod tumanidagi Kardiologiya markazi oldida Ch.O`. arizachi E.N.dan 80.000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchi shaxs prosessual tartibda ushlangan.
Hozirda jinoyat ishi bo`yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.






