1

Inha universitetida yangi fakultet ochiladi

Jamiyat 16.06.2016, 10:38
Teglar: Universitet
Inha universitetida yangi fakultet ochiladi

Aloqa tarixi muzeyida Toshkent shahridagi Inha universitetining yangi fakulteti ochilishiga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazildi. 

Yangi fakultet logistikani boshqarish bo`yicha axborot tizimlarini yaratish va sohaga tatbiq etish, logistika kompaniyalarini tashkil etish va boshqarish bo`yicha mutaxassislar tayyorlaydi.

Anjumanda ayni paytda logistika fakulteti talabalari uchun o`tiladigan majburiy va qo`shimcha o`quv kurslari ro`yxati ishlab chiqilgani ta`kidlandi. Talabalar o`quv jarayonida axborot-kommunikasiya texnologiyalari va logistika bo`yicha o`z bilimini boyitadi. O`quv dasturlari xalqaro logistika, etkazib berishni boshqarish tizimi, yuk tashish, havo va temir yo`l transportini boshqarish tizimi, biznes jarayonlarini boshqarish, resurslarni rejalashtirish hamda boshqarish tizimi va boshqa modullarga asoslanadi. 

Logistika fakultetiga 80 talabani qabul qilish rejalashtirilmoqda. Fakultetda o`qish uchun matematika fanidan imtihonni muvaffaqiyatli topshirish va kamida 6 ballik IELTS yoki 75 ballik TOEFL sertifikatiga ega bo`lish lozim. Kirish imtihonlari yakunlari bo`yicha eng yaxshi besh talaba dastlabki o`quv yilining birinchi semestrida o`qish uchun to`lovdan 100 yoki 50 foiz ozod etiladi. Bunday imkoniyat o`quv jarayonida eng yuksak natijalarga erishgan 5 talabaga ikkinchi semestrda ham taqdim etiladi. Bundan tashqari, talabalar manfaatdor tashkilotlarning maqsadli grantlarini olish imkoniyatiga ham ega bo`ladi. 

Yana shuni qayd etish kerakki, 2016 yilning iyun oyidan Toshkent shahridagi Inha universiteti TOEFL iBT testlarining sertifikatlangan ma`muriy markaziga (CTAS – Certified Test Administration Site) aylandi va bu abiturientlarga ingliz tili bo`yicha TOEFL iBT testlarini shu erning o`zida topshirish imkonini beradi.

Sharhlar

Toshkent davlat pedagogika universiteti dekani muovini 7 ming dollar pora olayotganda ushlandi

11.07.2017, 21:04

2017 yilning 10 iyul kuni taxminan soat 16:00larda, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan Chilonzor tumanida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining...
​Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “biometrik tizimni aldayman degan “abiturientlar” qo`lga tushdi

07.07.2017, 10:08

Avval habar qilganimizdek, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti joriy yilda o`zining test sinovlarini o`tkazish joylarida biometrik va pasport ma`lumotlari asosida abiturientlarni nazorat qilish (identifikasiya) va boshqarish...
​Oliy ta`lim muassasalarida kontrakt miqdori o`zgarishsiz qoldi

30.06.2017, 16:36

Oliy ta`lim muassasalarida bakalavriat va magistratura ta`lim yo`nalishlari bo`yicha oliy ta`lim muassasalarida o`qish uchun to`lov-kontrakt miqdori o`zgarishsiz qoldi.O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 iyundagi “Respublika...
​Bugun O`zbekiston OTMlarida qabul komissiyalari ish boshladi

15.06.2017, 11:57

Bugun, 15 iyundan e`tiboran O`zbekiston oliy ta`lim dargohlarida 2017-2018 o`quv yillariga hujjatlar qabuli boshlandi.Bu yil bakalavrlarni qabul qilish umumiy kvotasi 8 ming 400 taga oshgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1