O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati buni ma`lum qildi.
Unga ko`ra, bir qator xalqaro avtobus yo`nalishlarida tajriba-sinov tariqasida qatnovlar tiklanish arafasida.
Xususan, Tojikiston korxonasi yaqin orada O`zbekistoning qator shaharlariga tajriba - sinov tariqasida xalqaro avtobus qatnovlarini boshlaydi.
Ta`kidlanishicha, joriy yilning 2 aprel kunidan e`tiboran korxona Dushanbe – Termiz, Dushanbe – Denov hamda Panjikent – Samarqand yo`nalishlarida tajriba-sinov tariqasida qatnovlarni amalga oshiradi.
"Dushanbe – Termiz yo`nalishada qatnov masofasi 251 km bo`lib, yo`nalishni bosib o`tishga 5 soat 40 daqiqa vaqt sarflanadi.
Dushanbe – Denov yo`nalishi qatnov masofasi 107 km, yo`nalishga sarflanadigan vaqt 2 soat 25 daqiqani tashkil etadi.
Panjikent – Samarqand yo`nalishi qatnov masofasi 64 km bo`lib, yo`nalishga sarflanadigan vaqt esa 1 soat 25 daqiqa",-deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, bugungi kunda O`zbekiston va Tojikiston o`rtasida Toshkent – Xo`jand va Qo`qon – Xo`jand yo`nalishlarida muntazam qatnovlar amalga oshirib kelinmoqda.