2022 yilning 2 aprel kuni poytaxtimizning Olmazor tumanida "Ajdodlar matonati va jasorati - avlodlar uchun namunadir!" shiori ostida 5300 metrga ommaviy yugurish marafoni o`tkaziladi.
Toshkent shahar hokimligining xabar berishicha, sport tadbiri soat 9:00da Toshkent tibbiyot akademiyasidan boshlanadi va 11:00gacha davom etadi. Finish nuqtasi Toshkent davlat texnika universiteti.
Marafon davrida Olmazor tumanidagi bir necha ko`chalar vaqtincha yopiladi:
- H. Azimov ko`chasidan Shifokorlar 1, 2, 3 ko`chasigacha;
- Shifokorlar 1, 2, 3 ko`chasidan Mirzo G`olib ko`chasigacha;
- Mirzo G`olib ko`chasidan Muxbir ko`chasigacha;
- Muxbir ko`chasidan Universitet ko`chasigacha.






