Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlariga korrupsiya haqida xabar bergan 20 nafar fuqaro rag`batlantirildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ta`kidlanishicha, hukumatning 2020 yil 31 dekabrdagi “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko`maklashgan shaxslarni rag`batlantirish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 829-sonli qarorga asosan mansabdor shaxsning pora talab qilish bilan bog`liq jinoyati haqida xabar bergan va ushbu jinoiy qilmishga chek qo`yishga ko`maklashgan fuqarolar 2 mln so`mdan 5 mln so`mgacha rag`batlantirildi.
Ma`lumot uchun: Pul mukofotlari jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi, talab qilingan pora miqdori va davlatga etkazilgan zarar miqdoridan kelib chiqiladi (Nizomning 9-bandi).






