Toshkent viloyati Oqqo`rg`on tumanidagi bolalar bog`chasida ommaviy zaharlanish yuz bergani ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo`lgan edi.
Ma`lumot uchun, o`tgan yilning 12 avgust holatiga ko`ra, 6 nafar tarbiyalanuvchi og`ir holatda jonlantirish bo`limida, shundan bir nafar tarbiyalanuvchi o`pkaning sun`iy nafas berish moslamasiga ulangan bo`lib, holati o`ta og`ir holatda qolayotgani aytilgan, qolgan 19 tarbiyalanuvchining holati o`rtacha og`ir deb baholangani ma`lum qilingan edi.
"darakchi.uz" mazkur hodisaning natijalari bo`yicha Bosh prokuraturaga qilgan murojaatiga quyidagicha javob berildi.
Ta`kidlanishicha, Toshkent viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oqqo`rg`on tumanidagi 5-sonli MTT tarbiyalanuvchilari zaharlanishi bilan bog`liq jinoyat ishi (Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi) bo`yicha tergov harakatalari olib borilmoqda.
Hozirda jinoyat ishi bo`yicha 6 nafar shaxsga nisbatan (Jinoyat kodeksining 116 207, 257-1-moddalari) ayblov e`lon qilinib, ularga nisbatan tegishli ehtiet choralari qo`llanilgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.






