AsosiyJamiyat

Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san`ati institutiga rektor tayinlandi

'Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san`ati institutiga rektor tayinlandi'ning rasmi

Hukumat qarori (143-son, 31.03.2022 y.) bilan Avaz Maksudovich Mansurov Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san`ati institutining rektori etib tayinlandi.  Bu haqda Adliya vazirligi xabar beryapti.

 Eslatib o`tamiz, mazkur Institut Prezident qarori  bilan 2021 yil 16 oktyabrda tashkil etilgan.  U O`zbekiston davlat konservatoriyasi tarkibida faoliyat yuritadi. Institutda o`quv jarayoni 2021/2022 o`quv yilidan boshlanib, ta`lim davlat granti hamda to`lov-kontrakt asosida amalga oshirilgan edi.

️ 

    Boshqa yangiliklar