AsosiyJinoyat

Fuqaroni tekshirish uchun ichki ishlar bo`limiga olib borish amaliyotidan voz kechilishi mumkin

'Fuqaroni tekshirish uchun ichki ishlar bo`limiga olib borish amaliyotidan voz kechilishi mumkin'ning rasmi

Hukumat tomonidan "Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish to`g`risida"gi qarorning loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirildi. 

Unga ko`ra, 2023 yil 1 yanvardan boshlab ichki ishlar organlarida bosqichma-bosqich “E-patrul” tizimi joriy etilib, tekshirish uchun fuqaroni ichki ishlar bo`limiga olib borish amaliyotidan voz kechiladi. Fuqaro haqidagi barcha ma`lumotlar joyida planshet orqali tekshirilib, patrul-post xizmati xodimlari faoliyati “bodikamera”dan foydalangan holda amalga oshiriladi. 

 

    Boshqa yangiliklar