AsosiyJamiyat

Davlat tibbiy sug`urtasi — aholi uchun mutlaqo bepul

'Davlat tibbiy sug`urtasi — aholi uchun mutlaqo bepul'ning rasmi

Davlat tibbiy sug`urtasi — aholi uchun mutlaqo bepul. Aprel-may oylaridan boshlab nodavlat tibbiyot muassasalari bilan ham shartnoma tuziladi.

Bu haqda AOKAda Davlat tibbiy sug`urtasi jamg`armasi axborot xizmati rahbari Sayyora Shoeva ishtirokidagi brifingda ma`lum qilindi.

Qayd etilishicha, sog`liqni saqlash tizimining yangi modeli va davlat tibbiy sug`urtasi mexanizmlari Sirdaryoda viloyatida tajriba sinov tariqasida joriy etilmoqda.  

Sug`urtalash tizimida har bir fuqaroning salomatligi davlat hisobidan sug`urtalanmoqda. Bunda aholi pul to`lamaydi va davlat tibbiy xizmatni bepul kafolatlaydi, ya`ni tibbiy xizmat xarajatlari Davlat byudjeti hisobidan qoplanadi.

Davlat tibbiy sug`urtasining eng asosiy talablaridan biri -  o`z hududidagi oilaviy shifoxonaga biriktirilgan bo`lishi kerak. Fuqaro oilaviy shifoxona eshigidan kirishi bilan uni ro`yxatga olish, shifokorga kirishi, tahlillardan o`tishi nazoratga olinadi. Kafolatlangan tibbiy xizmatlar tekin amalga oshiriladi.

 

    Boshqa yangiliklar