AsosiyJamiyat

Chinozda ag`darilib ketgan "Kamaz" katta yo`lni to`sib, yirik tirbandlikni yuzaga keltirdi (video)

'Chinozda ag`darilib ketgan "Kamaz" katta yo`lni to`sib, yirik tirbandlikni yuzaga keltirdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chinozda yuk avtomobili ishtirokida sodir bo`lgan YTH yuzasidan xabarlar tarqaldi.

 

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmatining dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, voqea bugun, 2022 yil 1 aprel kuni soat 15:00 larda, Toshkent viloyati, Chinoz tumani hududidan o`tgan M-39 avtomobil yo`lida sodir bo`lgan. Haydovchi, 1975 yilda tug`ilgan S.K. tirkama ulangan (tirkama ustiga "konteyner" ortilgan) "Kamaz" rusumli yuk transport vositasida harakatlanayotib yo`lning 846-kilometriga etgan vaqtda boshqaruvni yo`qotishi oqibatida yuk avtomobili va tirkama ag`darilgan.

Mazkur YTH natijasida haydovchi S.K.ga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.

️Ushbu YTH yuzasidan Chinoz tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, ayni jarayonlarda YTH sabab yuzaga kelgan tirbandlik bartaraf etilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar