AsosiyDunyo

Koronavirus insoniyat tarixidagi so`nggi pandemiya bo`lishi aniq — JSST

'Koronavirus insoniyat tarixidagi so`nggi pandemiya bo`lishi aniq — JSST'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Gebreyesus COVID-19’ni insoniyat tarixidagi so`nggi pandemiya deb atamoqda. Bu haqda "Izvestiya" xabar bermoqda.

“Koronavirus insoniyat tarixidagi so`nggi pandemiya bo`lishi aniq. Bu ofat nafaqat sog`liqni saqlash inqiroziga aylandi. Bu odamlarning hayoti va farovonligini buzdi”, dedi JSST rahbari.

Uning ta`kidlashicha, koronavirus 6 milliondan ortiq odamning hayotiga zomin bo`lgan, sog`liqni saqlash tizimlari faoliyatini izdan chiqargan. Bundan tashqari, 21 asrda birinchi marta sayyoramizda mutlaq qashshoqlikda yashayotgan odamlar sonining ortishi kuzatildi.

"Hozirgi pandemiya qanday tugashi, uning oqibatlari qanday bo`lishi hozircha aniq emas, ammo biz bundan saboq olishimiz kerak", deb ta`kidladi JSST rahbari.

    Boshqa yangiliklar