Prezident «Samarqand davlat tibbiyot universitetini tashkil etish va sohada kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida»gi Qarorni imzoladi.
Unga ko`ra, Samarqand davlat tibbiyot instituti Samarqand davlat tibbiyot universiteti etib qayta tashkil etiladi.
Universitet tarkibida:
— viloyat salomatlikni tiklash shifoxonasi negizida Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot instituti;
— institutning 1- va 2-klinikalari negizida universitet ko`p tarmoqli klinikasi va ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasi;
— Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining filiali va uning klinikasi negizida universitet huzuridagi xuddi shunday ilmiy-tadqiqot institut va klinikasi;
— Neyroxirurgiya va neyroreabilitasiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazi;
— Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy markazi tashkil etiladi.