O`zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi tashabbusi bilan Ramazon oyida mo`min-musulmonlarning telefon orqali yo`llangan ro`za tutish bilan bog`liq barcha shar`iy masalalarga ulamolarning tunu kun javob berish tizimi joriy etildi.
Mo`min-musulmonlar shu yilning 2 apreldan 2 mayga qadar haftada etti kun, kunda 24 soat davomida o`zlarining ro`za tutish bilan bog`liq shar`iy savollariga javob olishlari mumkin bo`ladi (ibodat vaqtlaridan tashqari).
Buning uchun 24 soat davomida quyidagi telefon raqamiga qo`ng`iroq qilishingizni tavsiya etamiz: 78-150-33-44.






