“Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetini tashkil etish to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi
Qaror bilan Navoiy davlat konchilik instituti Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti etib qayta tashkil etildi.
Universitetda sanoat, texnika-texnologiya, muhandislik sohalari uchun oliy ma`lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanadi.
Qarorga ko`ra, Universitet huzurida quyidagilar tashkil etildi:
▫️Nukus konchilik instituti;
▫️“Navoiy” ilmiy-texnologiya sanoat parki;
2022/2023 o`quv yilida:
▫️Karmana politexnika texnikumi;
▫️G`ozg`on politexnika texnikumi.
Universitet huzuridagi texnikumlarda sanoat, konchilik, metallurgiya, mashinasozlik, qurilish, energetika, elektrotexnika, xizmat ko`rsatish yo`nalishlarida kadrlar tayyorlash yo`lga qo`yiladi.
Universitet yuqori kurs talabalari ish haqi to`lanadigan tizim orqali band qilinadi, jumladan amaliyot o`tashda haq to`lash tizimini joriy etish choralari ko`riladi.
Universitetda 2023/2024 o`quv yilidan texnika yo`nalishi bo`yicha qo`shma ta`lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash yo`lga qo`yiladi.






