«Uzbekistan Airways» AJ ikki yildan so`ng Toshkent – Parij –Toshkent yo`nalishi bo`yicha muntazam aviaqatnovlarni tiklanayotgani haqida ma`lum qildi.
Romantik shaharga parvozlar 2022 yil 29 apreldan boshlab 10 iyungacha haftada ikki marta – seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytida 3 foiz chegirma bilan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.






