AsosiyJamiyat

Toshkent tumanida "Lacetti" avtomobili kanalga tushib ketdi

'Toshkent tumanida "Lacetti" avtomobili kanalga tushib ketdi'ning rasmi

FVV xabariga ko`ra, bugun, 2022 yil 4 aprel kuni soat 11:22 da Toshkent viloyati, Toshkent tumani FV bo`limiga "Ko`kterak" mahallasidan oqib o`tuvchi "Zaxariq" kanaliga haydovchining ehtiyotsizligi sabab "Lacetti" rusumli avtomobil tushib ketganligi  haqida xabar kelib tushgan.

Zudlik bilan hodisa joyiga qutqaruvchilar etib borishgan. Maxsus texnikalar va asbob-anjomlar yordamida avtomobil kanaldan olib chiqilgan.

Ushbu hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q.

    Boshqa yangiliklar