7-8 may kunlari «Boysun bahori» xalqaro folklor festivali bo`lib o`tadi

Madaniyat 04.04.2022, 19:11
7-8 may kunlari «Boysun bahori» xalqaro folklor festivali bo`lib o`tadi

Joriy yilning 7-8 may kunlari  Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi «Solim Padang» qishlog`ida xalqimizning ko`p asrlik qadriyatlari va an`analarini o`zida tarannum etuvchi «Boysun bahori» xalqaro folklor festivali bo`lib o`tadi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Festival  O`zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 fevraldagi «Boysun bahori» xalqaro folklor festivalini tashkil etish va o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori asosida tashkil etilmoqda. Xalqaro festivalda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 200 dan ortiq folklor jamoa ishtirok etadi.

 Tadbir doirasida milliy kurash, etnosport, velomarafon, uloq-ko`pkari, barg uloqtirish, arqon tortish, chilak va boshqa xalq o`yinlari bo`yicha musobaqalar o`tkazish rejalashtirilgan.

 Ayni kunlarda O`zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan folklor festivalni yuqori saviyada o`tkazishga qizg`in hozirlik ko`rilmoqda.

 Festival yakunida eng yaxshi folklor-etnografik va eng yaxshi o`tov-uy, sport va xalq o`yinlari g`oliblari nomi aniqladi.

 Ma`lumot uchun, butun dunyo xalqlari mehr qo`ygan maftunkor Boysun YuNESKO tomonidan «Insoniyatning og`zaki va nomoddiy madaniy merosi» durdonasi sifatida e`tirof etilgan va 2008 yilda tashkilot tomonidan «Insoniyatining nomoddiy madaniy merosi» Reprezentativ ro`yxatiga kiritilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1