AsosiyJamiyat

Yo`l harakatini tashkil etish to`liq raqamlashtiriladi — Prezident Qarori

'Yo`l harakatini tashkil etish to`liq raqamlashtiriladi — Prezident Qarori'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Avtomobil yo`llarida inson xavfsizligini ishonchli ta`minlash va o`lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, quyidagilar mamlakatimizda yo`l harakati xavfsizligini ta`minlashning dolzarb yo`nalishlari etib belgilanmoqda:

  • avtomobil yo`llari infratuzilmasini takomillashtirish va ularning sifatini yaxshilash, yo`l harakati ishtirokchilarining “piyoda – jamoat transporti – velotransport –avtotransport” ustuvorligi asosida xavfsiz harakatlanishi uchun ishonchli shart-sharoitlar yaratish;
  • haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimiga innovasion pedagogik texnologiyalarni joriy qilgan holda, o`quv jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish;
  • haydovchi va piyodalarning yo`l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirish, har qanday qoidabuzarlik uchun jazo muqarrarligini ta`minlash;
  • yo`l harakati qoidalari asoslarini bolalikdan singdirishni yo`lga qo`yish, ushbu amaliyotni maktabgacha ta`lim tashkilotlari va umumta`lim maktablarida joriy etish; 
  • yo`l harakatini tashkil etishni to`liq raqamlashtirish, ilg`or axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy qilgan holda, yangi boshqaruv va nazorat tizimlarini tatbiq qilish.

    Boshqa yangiliklar