O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho`l hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 28-33°, Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida 22-27° bo`ladi.
Poytaxtimizda quyoshli bo`ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Kunduzi havo 28-30° gacha isiydi.
Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 18-23° bo`ladi.






