Turkmanistonda 4 aprel kuni issiq havo to`lqinlari sabab ettita kuzatuv stasiyalarida kunlik rekord issiqlik haroratlari yangilandi. Bu haqda Gidrometeorologik ilmiy tahlillar, ob-havo prognozlari, tadqiqotlar, ma`ruzalar telegram kanali muallifi Erkin Abdulahatov yozmoqda. Uning ta`kidlashicha, muqaddam, 4 aprel bu stansiyalarda harorat maksimumlari kechagidek yuqori bo`lmagan.
Xususan, poytaxt Ashxabod hamda Ekej meteorologik stansiyalarida maksimal haroratlar qiymati oldingi rekord ko`rsatgichni qariyib 6 darajaga yangilagan.
"Bu hayratlanarli albatta",-deydi doktorant.






