AsosiySport

Toshkentda dzyudo bo`yicha an`anaviy xalqaro turnir boshlanmoqda  

'Toshkentda dzyudo bo`yicha an`anaviy xalqaro turnir boshlanmoqda   'ning rasmi

Bugun Toshkentda dzyudo bo`yicha xalqaro musobaqa start oladi. "Universal" sport majmuasi to`rt kun davomida Uchqun Murodov xotirasiga bag`ishlangan an`anaviy xalqaro turnirga mezbonlik qiladi.

O`zbekiston Milliy Olimpiya Qo`mitasi xabariga ko`ra,  5-8 aprel kunlari o`tkaziladigan o`smirlar va yoshlar o`rtasidagi ushbu Osiyo Ochiq Kubogida O`zbekistondan tashqari Ozarbayjon, Gruziya, Tojikiston, Qirg`iziston va Qozog`iston davlatlaridan kelgan jami 500 nafarga yaqin iste`dod egalari ham tatamiga chiqadi.

Qayd etilishicha, bugun musobaqaning birinchi kuni qizlar -40, -44, -48, -52, -57, yigitlar esa -50, -55 va -60 kg vazn toifalarida g`oliblik uchun kurash olib borishadi. Har kuni saralash bellashuvlari soat 10:00, medallar uchun kechadigan final bahslari esa 17:00da boshlanishi aytiladi.

    Boshqa yangiliklar