AsosiyJamiyat

O`zbekiston prezidenti Qasim-Jomart Toqaev bilan telefon orqali muloqot qildi

'O`zbekiston prezidenti  Qasim-Jomart Toqaev bilan telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 5 aprel kuni Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari muqaddas Ramazon oyi boshlangani bilan bir-birlarini samimiy qutlab, birodar O`zbekiston va Qozog`iston xalqlariga farovonlik va ravnaq tiladilar.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko`rib chiqildi.

O`zaro savdoni ko`paytirish, sanoat kooperasiyasi bo`yicha qo`shma loyihalarni ilgari surish, madaniy-gumanitar dastur doirasida faol almashinuvlarni davom ettirishga alohida e`tibor qaratildi.

Shuningdek, mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari, shu jumladan joriy yil sentyabr oyida O`zbekistonda ShHT sammitini o`tkazish va unga tayyorgarlik ko`rish yuzasidan fikr almashildi.

Prezidentlarning muloqoti har doimgidek ishchan va do`stona ruhda o`tdi.

    Boshqa yangiliklar