AsosiyJamiyat

Prezident raisligida kengaytirilgan yig`ilish boshlandi

'Prezident raisligida kengaytirilgan yig`ilish boshlandi'ning rasmi

Maktab ta`limini isloh qilish bo`yicha yil boshida belgilangan topshiriqlar ijrosi, yil yakuniga qadar ustuvor vazifalarga bag`ishlangan yig`ilish boshlandi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi xabar bermoqda. 

“Yanvar oyida maktab ta`limini rivojlantirish bo`yicha 5 ta ustuvor yo`nalishda aniq vazifalarni belgilab, barcha masalalar hal qilib berilgan edi.

Lekin birorta islohot oson bo`lmaydi.  

2022 yilni hokimlarning maktabga e`tibori yili deb e`lon qilganimiz va tuman hokimi “RayONO” mudiri bo`ladi, degan vazifalarni, afsuski, hamma hokimlar ham hali to`liq tushunib etgani yo`q”, dedi davlatimiz rahbari.

Prezident sohadagi ishlar ahvoli qoniqarsizligi uchun viloyat va tuman hokimlarini keskin tanqid qildi.

Jumladan, ikki oyda barcha hududlarda o`tkazilgan o`rganishlar natijasida respublikadagi 852 ta maktabda ta`lim sifati, muallimlar salohiyati va o`quvchilarning oliygohlarga kirish darajasi ancha pastligi aniqlangan.

Bu borada eng og`ir ahvol Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent viloyati va Qoraqalpog`istonda ekani ko`rsatib o`tildi.

    Boshqa yangiliklar