AsosiyJamiyat

Maktablarni kompyuter bilan ta`minlash bo`yicha mablag`lar ajratilgan bo`lsa-da, Qoraqalpog`iston, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan va Toshkent viloyatlarida ishlar sust — Prezident

'Maktablarni kompyuter bilan ta`minlash bo`yicha mablag`lar ajratilgan bo`lsa-da, Qoraqalpog`iston, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan va Toshkent viloyatlarida ishlar sust —  Prezident'ning rasmi

Davlat rahbari raisligida yig`ilish davom etmoqda. 

Hamma viloyatlarda Prezident maktablari ochildi, ularda zamonaviy ilg`or metodikalar asosida ta`lim berilmoqda. Xususiy maktablarda ham bunday ilg`or metodikalar joriy qilinayapti.

“Savol tug`iladi, qaysi hokim o`z maktablarida ushbu ilg`or metodikalarni joriy qilish bo`yicha ishlayapti? Afsuski, hozircha bunday tashabbuslar yo`q!” dedi Prezident.

Shuningdek, respublika bo`yicha ayni paytda 120 ta maktab yuqori koeffisientda ishlamoqda.

Bundan tashqari, ko`plab maktab filiallarining ahvoli mutlaqo bugungi kun talabiga javob bermaydi.

Maktablarni kompyuter bilan ta`minlash bo`yicha mablag`lar ajratilgan bo`lsa-da, Qoraqalpog`iston, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan va Toshkent viloyatlarida ishlar sust ketayotgani tanqid qilindi.

Olis va chekka hududlardagi hamda “og`ir” sharoitdagi maktablarda ta`lim sifatini oshirish bilan bog`liq ishlar qoniqarsizligi ko`rsatib o`tildi.

    Boshqa yangiliklar