AsosiyJamiyat

Ta`limda yangi tizimlarni joriy qilish uchun 100 million dollar qo`shimcha mablag` yo`naltiriladi

'Ta`limda yangi tizimlarni joriy qilish uchun 100 million dollar qo`shimcha mablag` yo`naltiriladi'ning rasmi

Prezident kelgusi ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar bermoqda. 

Eng avvalo, maktab o`qituvchilarini yangi metodika asosida qayta tayyorlash bo`yicha umummilliy loyiha boshlanadi.

Ushbu yangi tizim doirasida kelgusi 3-4 yilda maktablardagi barcha sinf o`qituvchilari yangi metodika asosida o`qitiladi. Buning uchun:

- 1 iyunga qadar har bir hududdagi Malaka oshirish markazlari negizida Pedagoglarni yangi metodikalarga o`rgatish milliy ta`lim markazlari tashkil etiladi;

- ushbu markazlarga matematika, fizika, kimyo, biologiya, IT kabi aniq va tabiiy fanlar bo`yicha xorijdan eng malakali mutaxassislar jalb qilinadi;

- xorijiy mutaxassislar yordamida oliygoh, milliy ta`lim markazlari va mobil guruhlarning muallimlaridan iborat har bir viloyat kesimida “trenerlar guruhlari” shakllantiriladi;

- mazkur trenerlar esa joylarda maktab o`qituvchilarining bevosita malakasini oshirib boradi. Ularning oylik ish haqiga 100 foizgacha ustamalar to`lanadi.

Umuman, yuqoridagi yangi tizimlarni joriy qilish uchun 100 million dollar qo`shimcha mablag` yo`naltiriladi.

    Boshqa yangiliklar