Yig`ilishda o`qituvchilarning o`z ustida ishlashini rag`batlantirish orqali ta`lim sifatini keskin oshirish mumkinligi alohida qayd etildi, deya xabar bermoqda Prezident Matbuot kotibi.
Misol uchun, o`tgan yili xalqaro sertifikatni olgan chet tili o`qituvchilarini rag`batlantirish tizimi joriy qilingani natijasida Navoiy, Namangan va Surxondaryoda malakali o`qituvchilar sezilarli darajada oshgan.
Mutasaddilarga bu tajribani yangi o`quv yilidan boshlab matematika, kimyo, fizika, biologiya va axborot texnologiyalari fanlariga ham joriy etish topshirildi.
“Maktablarda davlatdan maosh oladigan 15 mingga yaqin ma`naviyatchilar bor.
Lekin, o`quvchilarning tarbiyasi, Vatanga muhabbat yoki ota-onaga hurmat ruhini shakllantirishda, aytingchi, qaysi tuman maktabi namuna bo`ldi? Hali bunday maktablar yo`q. Qani maktab siyosati?”, deya savol qo`ydi davlat rahbari.
Shu munosabat bilan bir oy muddatda “qizil” toifaga kirgan 1 ming 526 ta maktabni joyida o`rganib, har biri bo`yicha alohida yo`l xaritalarini tasdiqlash vazifasi qo`yildi.






